» » Parijda Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligi munosabati bilan 70 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari yig‘iladi

Parijda Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligi munosabati bilan 70 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari yig‘iladi


Fransiya poytaxti Parijda prezident Emmanuel Makron tomonidan Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar va Parij tinchlik forumi tashkil qilinadi, ularda 70 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari qatnashadi, deb yozadi “RIA Novosti”.

11-noyabr, yakshanba kuni Zafar toqi hamda Yelisey maydonidagi Noma’lum askar qabridagi mangu olov yaqinida “Yarashuv kuni”ning 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tadi. 1918-yil 11-noyabr kuni Germaniyada ittifoqdosh mamlakatlar tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish haqida bitim imzolanishi bilan jahon urushiga rasman nuqta qo‘yilgan edi.

Tadbirlarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, AQSh prezidenti Donald Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Germaniya kansleri Angela Merkel, Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey qatnashadi.

Marosimdan keyin yetakchilar Yelisey saroyida Fransiya prezidenti tomonidan tashkil qilinadigan tushlik dasturxoni atrofida yig‘iladi.

Shuningdek, yetakchilar birinchi marta Parij tinchlik forumida ishtirok etishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2018, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют