» » Botirjon Asadov: O‘zbekiston o‘zining koinot dasturini ishlab chiqdi 

Botirjon Asadov: O‘zbekiston o‘zining koinot dasturini ishlab chiqdi 


O‘zbekiston o‘zining koinot dasturini ishlab chiqdi va bu sohada xalqaro hamkorlikni faol olib bormoqda. Bu haqda mamlakatning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Dastur bor. Hukumat bu masalaga tizimli va jiddiy yondoshdi, xalqaro tajribani o‘rgandi, batafsil dasturni ishlab chiqdi. Xalqaro hamkorlik, jumladan, Rossiya bilan ham, faol yo‘lga qo‘yilmoqda”, — dedi Asadov jurnalistlarning savollariga javoban.

Elchining aytishicha, O‘zbekiston bu borada Yevropa davlatlari bilan ham aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda, birgalikda tadqiqot markazlarini ochish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют