» » Samarqandda ayolni yechintirib, buni videoga olgan IIB xodimi ustidan sud davom etmoqda

Samarqandda ayolni yechintirib, buni videoga olgan IIB xodimi ustidan sud davom etmoqda


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida Kattaqo‘rg‘on shahar IIBning sobiq xodimi San’at Umarov ustidan sud jarayoni davom etmoqda, deb yozadi Repost.

U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi va 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 2-qismi “a” bandi,  shuningdek, 241-moddada (Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

19-oktabr kuni boshlangan sud majlislarida ayblov xulosasi, sudlanuvchi S. Umarovning hamda jabrlanuvchi N. Toshmatovaning ko‘rsatmalari tinglandi. Sud tergovi bo‘lib o‘tdi, uning doirasida guvohlar so‘roq qilindi. Sud jarayoni davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3-iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar IIB binosida tezkor vakil San’at Umarov va boshqalar ayol kishini o‘g‘irlik qilganlikda ayblab haqorat qilgan va yechinishga majburlagandi. Umarov ushbu jarayonni videoga yozib olgan, tasvir keyinchalik internetda tarqalib ketgandi.

Avvalroq Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida qip-yalang‘och yechinishga majbur qilingan gumonlanuvchi ayol o‘g‘li bilan birgalikda o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют