» » Sanat Umarov hibsga olindi

Sanat Umarov hibsga olindi


Jinoyat ishlari boyicha Samarqand shahar sudi tomonidan Ozbekiston Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi va 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qollash) 2-qismi a bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Sanat Umarovga nisbatan Samarqand viloyat prokuraturasining qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qollash togrisidagi iltimosnomasi korib chiqildi va qanoatlantirildi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.

Oliy sud matbuot xizmatiga kora, jinoyat ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 6-iyuldagi ajrimiga mufoviq ayblanuvchi Sanat Umarovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qollanildi.

3-iyun kuni Kattaqorgon shahar IIB binosi dahlizida tezkor vakil Sanat Umarov va boshqalar ayol kishini ogrilik qilganlikda ayblab haqorat qilgan va yechinishgamajburlagan. Umarov ushbu jarayonni videoga yozib olgan, tasvir keyinchalik Ozodlik radiosiga kelib tushgan. Samarqand viloyat prokuraturasi Sanat Umarovga nisbatan jinoiy ish ochgan, tergov jarayoni davom etmoqda.

Ichki ishlar vazirligi Sanat Umarovning ishdan boshatilgani va ichki ishlar organlari safida tozalash ishlari olib borilishi haqidamalum qildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-07-2018, 18:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -