» » Toshkentda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev qamoqqa olindi

Toshkentda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev qamoqqa olindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi bezorilikda ayblanayotgan MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llash masalasini ko‘rib chiqdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Murod Xonto‘rayevga (1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti tugallanmagan oliy, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining 3 kurs talabasi, oilali, ikki nafar farzandi bor, muqaddam sudlangan) nisbatan Toshkent shahar prokuraturasining “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 2018-yil 22-iyundagi ajrimiga muvofiq ayblanuvchi Murod Xonto‘rayevga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi va UYa 64/1-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют