» » Qidiruvda bo‘lgani uchun 6 yildan beri Dubayda yashirinib yurgan parkentlik ayol qaytib keldi

Qidiruvda bo‘lgani uchun 6 yildan beri Dubayda yashirinib yurgan parkentlik ayol qaytib keldi


Profilaktik ishlar o‘z samarasini berib, yillar davomida qidiruvda bo‘lganligi sababli chet elda yashirinib yurgan shaxslar tergovga keltirilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar berdi O‘zА .

Qayd etilishicha, 1977-yilda Parkent tumanida tug‘ilgan G.M. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi), 165-moddasi (tovlamachilik) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda sirtdan ayblanib, sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan holda unga nisbatan Parkent tuman IIB tomonidan 2012-yil 12-aprel kuni qidiruv e’lon qilingan edi.

Qidiruv harakatlari davomida, G.M bir necha yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashab yurganligi, o‘ziga nisbatan qidiruv e’lon qilingani va qamoqqa olinishidan xavotirlanib, o‘z yurtiga qaytish niyatida emasligi aniqlandi.

Tuman prokuraturasi, IIB huzuridagi Tergov bo‘limi va jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari hamkorlikda G.M.ning yaqin qarindoshlari bilan bir necha bor profilaktik suhbatlar o‘tkazdi. G.M. o‘z hohishi bilan tergov organiga kelgan taqdirda, unga nisbatan tanlangan qamoqqa olish ehtiyot chorasi boshqa turdagi ehtiyot chorasiga almashtirilishiga kafolat berilishi tushuntirilganligi natijasida 2018-yilning 9-mart kuni G.M O‘zbekistonga qaytib kelishiga erishildi.

Unga nisbatan 2012-yilda tanlangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, munosib hulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat bilan dastlabki tergov yakuniga qadar ochiqlikda qoldirilishi ta’minlandi. Hozirda Parkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют