» » Odam savdosida ayblanib, Dubayga qochib ketgan parkentlik ayol mamlakatga o‘z ixtiyori bilan qaytib keldi

Odam savdosida ayblanib, Dubayga qochib ketgan parkentlik ayol mamlakatga o‘z ixtiyori bilan qaytib keldi


Huquq-tartibot organlari vakillari olib borgan profilaktik ishlar davomida odam savdosida ayblanib, Dubayga qochib ketgan parkentlik ayol mamlakatga qaytib kelishiga erishildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

1977-yilda Parkent tumanida tug‘ilgan Gulnora Mirsadiyeva Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi), 165-moddasi (tovlamachilik) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda sirtdan ayblanib, sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan holda unga nisbatan Parkent tuman IIB tomonidan 2012-yil 12-aprel kuni qidiruv e’lon qilingan edi.

Qidiruv harakatlari davomida G. Mirsadiyeva bir necha yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashab yurganligi, o‘ziga nisbatan qidiruv e’lon qilingani va qamoqqa olinishidan xavotirlanib, o‘z yurtiga qaytish niyatida emasligi aniqlandi.

Tuman prokuraturasi, IIB huzuridagi Tergov bo‘limi va jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari hamkorlikda G. Mirsadiyevaning yaqin qarindoshlari bilan bir necha bor profilaktik suhbatlar o‘tkazib, G. Mirsadiyeva o‘z xohishi bilan tergov organiga kelgan taqdirda, unga nisbatan tanlangan qamoqqa olish ehtiyot chorasi boshqa turdagi ehtiyot chorasiga almashtirilishiga kafolat berilishi tushuntirilganligi natijasida 9-mart kuni G. Mirsadiyeva O‘zbekistonga qaytib kelishiga erishildi.

Unga nisbatan 2012-yilda tanlangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat bilan dastlabki tergov yakuniga qadar ochiqlikda qoldirilishi ta’minlandi. Hozirda Parkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют