» » Qiynoqqa solish jinoyatlari bilan bogliq ishlar boyicha jazo muqarrarligi taminlanadi

Qiynoqqa solish jinoyatlari bilan bogliq ishlar boyicha jazo muqarrarligi taminlanadi


Ozbekiston Oliy sudi rayosati qiynoqqa solish va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qollash jinoyatlari bilan bogliq ishlar boyicha jazoning muqarrarligi taminlash, yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida Ozbekiston Oliy sudi plenumi qarorini tayyorlamoqda. Bu haqda, Oliy sud matbuot xizmatiga asoslanib, Gazeta.uz xabar qildi.

2017-yil 30-noyabrda Ozbekiston Prezidentining Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq vaerkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoniqabul qilinganedi. Unda huquqni muhofaza qilish vasud organlari jinoiy ishyuzasidan protsessual qonunchilikni buzish yoki noqonuniy yollar bilan olingan malumotlardan dalil sifatidan foydalanishga yol qoymaslik haqida ogohlantirilgan. Bukabi qonunbuzarliklar va yol qoyib bolmaydigan uslublarga qiynoqqa solish vaboshqa shafqatsiz, gayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qollash (Jinoyat kodeksining235-moddasi, Jinoyat-protsessual kodeksning11-moddasi) kiradi.

Oliy sud rayosati tomonidan ilk marotaba jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan ruhiy vajismoniy tazyiq otkazish bilan bogliq ishlarni korish boyicha 2016 va2017-yillardagi sud amaliyoti natijalari korib chiqildi.

Oliy sud tomonidan ichki ishlar idoralari xodimlari orasida butoifa jinoyatlarni sodir etishga sabab bolgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov vajazo otash muassasalarida inson huquqlari muhofazasini taminlash yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga axborot kiritildi.

Viloyat vaularga tenglashtirilgan sudlar raislari etibori Jinoyat protsessual kodeksining 298-moddasiga muvofiq xususiy ajrim chiqarib tegishli davlat organlari mansabdor shaxslaridan mazkur jinoyatlar sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini korishni talab qilishga qaratildi.

Mamuriy sudlar sudyalaridan huquqbuzarlarga mamuriy qamoq bilan bogliq jazo tayinlashda, huquqbuzarlikni tasdiqlovchi omillarning mavjudligi, mamuriy qamoq tayinlashning maqsadga muvofiqligiga qatiy baho berish talab etildi.

Shuningdek, barcha sudlarga joylarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jazoni ijro etish muassasalari xodimlari orasida ushbu jinoyatlarni oldini olish maqsadida targibot tadbirlarini keskin kuchaytirish togrisida korsatmalar berildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-03-2018, 21:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -