» » Davlat xizmatlari agentligi xalqaro ekspertlarning tanqidiy fikrlariga munosabat bildirdi

Davlat xizmatlari agentligi xalqaro ekspertlarning tanqidiy fikrlariga munosabat bildirdi


Internet veb-sahifalarida tarqalgan “Rivojlanish strategiyasi” markazida “O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning samaradorligini baholash” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda aytilgan fikrlarga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

15-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi ishga tushirilgan bo‘lib, hozirgi kunda mazkur portal orqali 50 dan ortiq davlat xizmatlarini olish imkoniyati mavjud.

Masalan, jismoniy va yuridik shaxslar 2018-yilning 1-aprelidan boshlab, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish hamda arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etishi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, qabul qilingan Ma’muriy reglamentlarga asosan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlarining o‘rtacha muddati 3 ish kunidan 7 ish kunigacha bo‘lgan muddatni, arxitektura va qurilish sohasidagi xizmatlarining o‘rtacha muddati esa 3—10 ish kunigacha tashkil etadi.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish xizmatlariga quyidagilar kiradi:

Arxitektura va qurilish sohasidagi davlat xizmatlari esa:

Davlat xizmatlari agentligi erkin iqtisodiy zonada faoliyat yuritayotgan investorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida amaliy yordam berishga doimo tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 15:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют