» » “O‘zbekgidroenergo” AJda Fransiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekgidroenergo” AJda Fransiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida Fransiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Fransiya elchisi Violen Biyet de Vilmor hamda Fransiya taraqqiyot agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Rafael Jozan va jamiyat boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov ishtirokida ikki davlat o‘rtasida gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar, xalqaro aloqalar muhokama qilindi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati  “Daryo”ga ma’lum qildi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning keng qamrovli masalalari muhokama qilindi. Xususan, gidroenergetika sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi GESlarni qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik qilish borasida muhokama olib borildi.

Suhbat davomida ikki tomonlama gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston—Fransiya muloqotining natijali xususiyati qayd etildi. O‘zbekiston Fransiya bilan gidroenergetika sohasida yangi loyihalar asosida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish alohida ta’kidlandi. Jumladan, uch yangi GES qurilishida hamda Chorvoq GES xavfsizlik tizimini yangilashda hamkorlik qilish ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют