» » O‘zbеkiston Rossiya bilan gidroenеrgеtika sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbеkiston Rossiya bilan gidroenеrgеtika sohasida hamkorlikni kuchaytiradi


Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin hamda ushbu davlat delegatsiyasi tashrifi doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda Rossiyaning “Rusgidro” AJlar o‘rtasida hamkorlik loyihalarini yanada mustahkamlash doirasida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiyaning “Rusgidro” AJ, “Lengidroproyekt” AJ “O‘zbekgidroenergo” AJ yangi GESlarni qurish hamda mavjud GESlarni modernizatsiya qilish borasida yaqin hamkorlaridan hisoblanadi.

O‘zbekiston—Rossiya hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, gidroenergetika sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlik loyihalarni yanada mustahkamlash borasida “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov “Rusgidro” AJ Bosh direktorining ilmiy ishlab chiqarish va loyihalashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Frolov Krill Yevgenyevich hamda Moskva “Gidroproyekt” AJ institutining operatsion boshqaruv va strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Machexin Sergey Vladimirovich bilan mamlakatda gidroenergetika sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikr almashdi.

Bugungi kunda “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan hududlarda olib borilayotgan qurilish jarayonlari xususan, yangi GESlarni qurishda ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligi hamda sohada mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Xususan, bugungi kungacha jamiyat tomonidan“Rusgidro” AJga 30 dan ortiq mutaxassilar malaka oshirib qaytganligini aytish mumkin.

Gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar hajmini bir necha barobar ko‘paytirish va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan kelishib olindi.

Yuqori darajada o‘tgan muloqot davomida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. Gidroenergetika sohasining bugungi holati va istiqboliga oid masalalar va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tashrif va samimiy o‘tgan muloqot uchun “Rusgidro” aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari Frolov Kirill Yevgenyevich hamda Moskva “Gidroproyekt” AJ institutining operatsion boshqaruv va strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Machexin Sergey Vladimirovich o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik uchun tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama hamkorlik sharnomasi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 17:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют