» » Afrikada sirtlon va gepardlar sayyohlar ko‘z o‘ngida kiyikni tiriklayin yeb qo‘ydi (video)

Afrikada sirtlon va gepardlar sayyohlar ko‘z o‘ngida kiyikni tiriklayin yeb qo‘ydi (video)


Janubiy Afrikadagi Kryuger milliy bog‘ida sayyohlar gepardlarning kiyikni ovlashiga guvoh bo‘ldi. Voqea guvohlari tomonidan olingan video YouTube’ga joylandi.

Dastlab ikkita gepard kiyiklarni kuzatib turgan, kutilmaganda ikkala yirtqich ham kiyiklardan biriga hamla qilgan. Ular 200 metrcha yugurgach, unga yetib olgan.

Gepardlardan biri kiyikni o‘ldirishga urinayotgan paytda, ikkinchisi uni tiriklayin g‘ajishni boshladi. Keyin to‘rtta sirtlon kelib, ularning o‘ljasini o‘g‘irladi. Kiyik hamon tirik bo‘lishiga qaramay, ular ham uni yeya boshladi. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, manzaraga qarab turish qanchalik qiyin bo‘lmasin, sayyohlar ulardan ko‘z uza olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют