» » Video: Buqa va sher jangi

Video: Buqa va sher jangi


Janubiy Afrikadagi Kryuger milliy bog‘iga tashrif buyurgan kishilar buqaning uxlab yotgan sherga hujumini tasvirga oldi. “RIA Novosti” mazkur videoga e’tibor qaratdi.

Bog‘ yo‘lboshlovchisi bu voqeaga guvoh bo‘lgan. U avtomobilda buyvollar to‘dasi yonidan o‘tib ketayotganda yaqin masofada uxlab yotgan urg‘ochi sherni ko‘rgan. Bir lahzadan so‘ng yirtqichni buqalardan biri ko‘rib qolgan. Bir necha soniyadan so‘ng esa buqa sher tomonga yo‘l olgan.

Xavf yaqinlashayotganini ko‘rgan yirtqich o‘rnidan turib, qochishga harakat qilgan, biroq uning holdan toygani ko‘rinib turardi. Sherning qarshilik ko‘rsata olmasligini sezgan buyvol unga tashlangan va shoxlari bilan havoga uloqtirgan, keyin esa xavfsiz masofaga chekingan.

Yo‘lboshlovchining taxmin qilishicha, urg‘ochi sher to‘dadan quvilgan va bir o‘zi muvaffaqiyatli ov qila olmagan. Buyvol yirtqichga jiddiy jarohat yetkazmagan bo‘lsa ham, uning taqdiri ayanchli qolmoqda.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют