» » AQSh jurnalistning o‘ldirilishi yuzasidan 17 nafar saudiyalikka nisbatan sanksiyalar e’lon qiladi

AQSh jurnalistning o‘ldirilishi yuzasidan 17 nafar saudiyalikka nisbatan sanksiyalar e’lon qiladi


AQSh Saudiya Arabistonining Turkiyadagi bosh konsulxonasi hududida jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi tufayli, mamlakat fuqarolariga nisbatan sanksiyalar haqida e’lon qilishga tayyorlanmoqda, deb yozadi Reuters.

Agentlik manbasiga ko‘ra, Amerika adliya vazirligi jami 17 kishiga qarshi cheklov choralarini kiritadi. Ular orasida valiahd shahzodaning maslahatchisi Saud al-Kahtaniy, uning yordamchisi Mohir Mutrib, shuningdek, tekshiruv boshlanganidan keyin ko‘p o‘tmay, mamlakatni tark etgan Saudiyaning Turkiyadagi bosh konsuli Muhammad Ibrohim al-Utaybiy ham bo‘ladi.

Sanksiyalar AQShda 2012-yilda qabul qilingan “Magnitskiy qouni” bo‘yicha kiritiladi. U inson huquqlarining qo‘pol buzilishi holatlariga cheklov choralari bilan javob qilish imkonini beradi. Bunda ushbu holatlarga aloqadorlarning ism-shariflari oshkor etiladi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni bosh prokurori saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi maxsus inyeksiya yordamida o‘ldirilgani, uning tanasi bo‘laklarga bo‘linib, mamlakatning Istanbuldagi konsulligidan chiqarib ketilganini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют