» » AQSh Qoshiqchining o‘limiga aloqador shaxslarga qarshi sanksiyalarni bir necha haftadan keyin kiritmoqchi

AQSh Qoshiqchining o‘limiga aloqador shaxslarga qarshi sanksiyalarni bir necha haftadan keyin kiritmoqchi


AQShga saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritish uchun zarur axborotni yig‘ishga bir necha hafta talab etiladi, deb yozadi “Kommersant” AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeoga tayanib.

Shu bilan birga, u AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida “muhim savdo aloqalari” o‘rnatilganini, va Vashington “ushbu aloqalarga qo‘l urmasdan” ish tutmoqchi ekanligini qo‘shimcha qildi.

Pompeo muxbirning o‘ldirilishini tekshirayotgan Turkiya va Saudiya Arabistoni hamkorligini ijobiy baholadi.

“Biz ushbu qotillik bo‘yicha kim javobgarlikka tortilishi haqida o‘z fikrimizni shakllantiramiz”, — deb qo‘shib qo‘ydi u.

Avvalroq Turkiya prokuraturasi Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi tafsilotlarini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют