» » Yaponiya Kuril orollariga AQSh harbiy bazalarini joylashtirmaslikka va’da berdi

Yaponiya Kuril orollariga AQSh harbiy bazalarini joylashtirmaslikka va’da berdi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Janubiy Kuril orollarining bir qismi Yaponiya tomoniga berilgan taqdirda, u yerga AQSh harbiy bazalari joylashtirilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” Yaponiyaning Asahi Shimbun nashriga tayanib xabar berdi.

Yaponiya-Amerika xavfsizlik shartnomalariga muvofiq, AQSh butun mamlakat hududi bo‘ylab o‘z harbiy bazalarini joylashtira oladi. Ammo nashrga Yaponiyaning oliy mansabdorlari xabar berishicha, ular Yaponiya roziligisiz joylashtirilishi mumkin emas.

Yaqinda Sindzo Abe va Vladimir Putin Singapurda uchrashgan edi. Kreml ular 1956-yilgi deklaratsiya asosida muzokaralarni faollashtirish haqida kelishib olganini ma’lum qildi. Ushbu hujjatda Moskva tinchlik haqida bitim imzolanganidan keyin yaxshi niyat belgisi sifatida Yaponiyaga Shikotan orolini va Kichik Kuril tizmalaridagi bir qator mayda orollarni berishga tayyorligini bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-11-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют