» » AQSh prokuraturasi Julian Assanjga nisbatan ayblov e’lon qildi

AQSh prokuraturasi Julian Assanjga nisbatan ayblov e’lon qildi


AQSh prokuraturasi 2012-yildan buyon Ekvadorning Londondagi elchixonasida turgan Julian Assanjga nisbatan ayblov e’lon qildi. WikiLeaks asoschisi josuslikda ayblanishi mumkin. Bu haqda Washington Post xabar berdi.

AQSh Adliya vazirligi ayblovlar haqida ma’lumot e’lon qilishni rejalashtirmagan bir paytda, Virjiniya prokurorining yordamchisi Kellen Duayer bexosdan bu ma’lumotni oshkor qilgan.

Qayd etilishicha, prokurorlar Assanj qo‘lga olingunga qadar maxfiy ravishda unga qarshi ayblovlarni qisqartirishga harakat qilgan. Chunki bu huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga Assanjning hibsdan qochib ketmasligiga ishonch hosil qilishga imkon berishi mumkin bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют