» » Millatlar Ligasi. Fransiya Niderlandiyaga yutqazib qo‘ydi, Daniya esa Uelsni taslim qildi

Millatlar Ligasi. Fransiya Niderlandiyaga yutqazib qo‘ydi, Daniya esa Uelsni taslim qildi


16-noyabr sanasida Millatlar Ligasi musobaqasi doirasida bir nechta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Niderlandiya terma jamoasi amaldagi jahon chempionlari — Fransiya termasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hisobni 44-daqiqada Jorjinyo Veynaldum ochdi. 90-daqiqada esa Memfis Depay penaltidan gol urib, JCH—2018 chempionining mag‘lubiyatini ta’minladi.

Slovakiya terma jamoasi esa o‘z maydonida Andrey Shevchenko boshchiligidagi Ukraina termasini mehmon qilib, yirik 4:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Rayan Giggz qo‘l ostidagi Uels termasi esa Daniyaga qarshi kurash olib borib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Millatlar Ligasi

16-noyabr, juma

Niderlandiya – Fransiya 2:0

Gollar: 1:0 – 44 Veynaldum, 2:0 – 90, penalti Depay.

Uels – Daniya 1:2

Gollar: 0:1 – 42 Yorgensen, 0:2 – 88 Breytueyt, 1:2 – 89 Beyl.

Lixtenshteyn – Makedoniya 0:2

Gollar: 0:1 – 53 Bardi, 0:2 – 90 Nestorovski.

Slovakiya – Ukraina 4:1

Gollar: 1:0 – 6 Rusnak, 2:0 – 26 Kuska, 2:1 – 47 Konoplyanka, 3:1 – 52 Zrelyak, 4:1 – 61 Mak.

Kipr – Bolgariya 1:1

Gollar: 1:0 – 24 Zaxariu, 1:1 – 89, penalti Dimitrov.

Sloveniya – Norvegiya 1:1

Gollar: 1:0 – 9 Verbich, 1:1 – 85 Yonsen.

Gibraltar – Armaniston 2:6

Gollar: 1:0 – 10 De Barr, 1:1 – 27 Movsisyan, 1:2 – 48 Movsisyan, 1:3 – 52 Movsisyan, 1:4 – 54 Movsisyan, 1:5 – 66 Kartashyan, 2:5 – 78 Pristli, 2:6 – 90 Karapetyan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют