» » Millatlar Ligasi. Fransiya Niderlandiyani, Ukraina Slovakiyani mag‘lub etdi, Uels esa Daniyaga yutqazdi

Millatlar Ligasi. Fransiya Niderlandiyani, Ukraina Slovakiyani mag‘lub etdi, Uels esa Daniyaga yutqazdi


Kecha, 9-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasi 2-turi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Amaldagi jahon chempionlari — Fransiya o‘z maydonida Niderlandiyani qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Fransuzlarning gollariga Kilian Mbappe hamda Olive Jiru mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlardan esa Rayan Babel o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ukraina terma jamoasi o‘z maydonida Slovakiyaga qarshi bahs olib borib, 80-daqiqada Andrey Yarmolenkoning penaltidan kiritgan goli sabab 3 ochkoga ega chiqdi. Daniya terma jamoasi esa Garet Beyl yetakchiligidagi Uelsni o‘z maydonida qabul qilib, Kristian Eriksenning dubli evaziga g‘alaba qozondi. Sloveniya terma jamoasi mehmonda Kipr terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

UEFA Millatlar Ligasi

2-tur bahslari

9-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 14 Mbappe, 1:1 – 67 Babel, 2:1 – 74 Jiru.

Gollar: 0:1 – 54 Berich, 1:1 – 69 Soteriu, 2:1 – 89, avtogol Stoyanovich.

Gollar: 1:0 – 32 Salanovich, 2:0 – 72 Vizer.

Gol: 1:0 – 59 Vasilev.

Gol: 1:0 – 77, penalti Okriashvili.

Gollar: 1:0 – 13, penalti Alioski, 2:0 – 59 Pandev.

Gollar: 1:0 – 32 Eriksen, 2:0 – 63, penalti Eriksen.

Gol: 1:0 – 80, penalti Yarmolenko.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют