» » Ispaniya Angliyani 1-marta 37 yil oldin mag‘lub etgandi, o‘shanda ham tarkibda Markos Alonso bo‘lgan

Ispaniya Angliyani 1-marta 37 yil oldin mag‘lub etgandi, o‘shanda ham tarkibda Markos Alonso bo‘lgan


Kecha, 8-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasi 1-turi doirasida Ispaniya terma jamoasi “Uembli”da Angliya termasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Ispaniya o‘z tarixida “Uembli” stadionida 2-marta g‘alaba qozonishga erishdi.

Ispanlar mazkur stadionda bo‘lgan o‘yinlarning 5 tasida mag‘lub bo‘lgan yana 2 ta o‘yinda esa durang qayd etgandi. Ularning inglizlar ustidan “Uembli”da qozongan 1-g‘alabasi 1981-yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Ispaniya termasi tarkibida katta Markos Alonso bo‘lgan.

Qizig‘i, kechagi o‘yinda ham ispanlar tarkibida “Chelsi” a’zosi bo‘lgan kichik Marko Alonso bor edi. Ota va o‘g‘il mamlakat terma jamoasi tarkibidagi debyut uchrashuvini bitta stadionda yana bitta jamoaga qarshi o‘tkazdi, ya’ni Angliyaga qarshi. Ularning orasini esa 37 yil muddat ajratdi.

Kichik Markos Alonsoning otasi katta Markos Alonso(hayron bo‘lmang, ularning faqat ikkinchi ismlarigina farq qiladi) “Atletiko” va “Barselona” klublarida to‘p surgan. Uning bobosi Markos Alonso esa 8 yil davomida Madridning “Real” jamoasi uchun o‘ynagan. Shu tariqa uchala Alonso ham Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют