» » Ispaniyaga yutqazib qo‘ygan Angliya antirekordlar qurshovida qoldi

Ispaniyaga yutqazib qo‘ygan Angliya antirekordlar qurshovida qoldi


Kecha, 8-sentabr sanasida UEFA Millatlar Ligasi 1-turi doirasida Angliya terma jamoasi “Uembli”da Ispaniya termasiga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu jamoaning ketma-ket uchragan 3-mag‘lubiyati bo‘ldi. Bungacha Angliya JCh—2018 ning yarim finalida Xorvatiyaga (1:2), 3-o‘rin uchun Belgiyaga qarshi bahsda (0:2) ham mag‘lub bo‘lgandi.

Angliya termasi so‘nggi bor bundan 30 yil oldin Yevro—1988 musobaqasida ketma-ket 3 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Umumiy hisobda inglizlar o‘z tarixlarida 6 marta ketma-ket 3 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan.

Shuningdek, jamoaning “Uembli” stadionidagi 24 ta mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasi ham yakun topdi. Jamoa so‘nggi bor 11 yil oldin mazkur stadionda Xorvatiyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2018, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют