» » YeChL yarim finalidan mosuvo bo‘lgan “Barselona” Ispaniya La Ligasida rekord qo‘ydi

YeChL yarim finalidan mosuvo bo‘lgan “Barselona” Ispaniya La Ligasida rekord qo‘ydi


Kecha, 14-aprel sanasida “Barselona” Ispaniya chempionati 32-turi doirasida “Valensiya”ga qarshi maydonga tushib, “ko‘rshapalaklar”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu orqali Kataloniya klubi Ispaniya chempionati doirasida qatorasiga 39 ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, Ispaniya rekordini o‘rnatdi, deb yozadi “Sports.ru”.

Ta’kidlash joiz, “Barselona” amaldagi mavsumning 32 ta o‘yini va o‘tgan mavsumning so‘nggi 7 ta o‘yinida yutqazmagan. Jamoa 39 ta o‘yinning 32 tasida g‘alaba qozongan. 7 tasida durang qayd etgan. Shulardan 19 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. To‘plar nisbati esa 109-26.

Avvalgi rekord “Real Sosyedad” tomonidan 1979—1980-yillarda o‘rnatilgan bo‘lib, u 38 ta mag‘lubiyatsiz o‘yindan iborat edi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasida “Roma”ga mag‘lub bo‘lib, yarim final yo‘llanmasidan quruq qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют