» » O‘rtoqlik uchrashuvi. Garet Beyl xet-trik qayd etgan o‘yinda Uels Xitoy terma jamoasini tor-mor etdi

O‘rtoqlik uchrashuvi. Garet Beyl xet-trik qayd etgan o‘yinda Uels Xitoy terma jamoasini tor-mor etdi


Biroz avval Xitoy terma jamoasi o‘z maydonida Uels terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Xitoyning Nanning shahrida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Rayan Giggz boshchiligidagi uelsliklar 0:6 hisobida g‘alaba qozondi. Giggzning terma jamoa boshqaruvidagi ilk o‘yinida “Real”ning hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl 3 ta gol urib, xet-trik qayd etdi. Shuningdek, Sem Vouks 2 ta, Garri Uilson esa bitta to‘pni, Xitoy darvozasiga joylab qo‘ydi.

Garet Beyl ushbu xet-trik orqali Uels terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Endi uning hisobida 29 ta gol bor. Bungacha eng yaxshi to‘purar nomi Ian Rashda edi. Uning hisobida 28 ta gol mavjud edi.

Ma’lumot uchun ikkala terma jamoa ham joriy yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundialga chiqa olmagan.

O‘rtoqlik bellashuvi

22-mart, payshanba

Gollar: 0:1 — 3 Garet Beyl. 0:2 — 21 Garet Beyl. 0:3 — 48 Sem Vouks. 0:4 — 45 Garri Uilson. 0:5 — 58 Sem Vouks. 0:5 — 62 Garet Beyl.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют