» » Fransiyada benzin narxi oshishiga qarshi namoyishlar vaqtida bir kishi halok bo‘ldi

Fransiyada benzin narxi oshishiga qarshi namoyishlar vaqtida bir kishi halok bo‘ldi


Fransiya janubi-sharqidagi Izer departamentida benzin narxining oshishiga qarshi norozilik namoyishlari vaqtida bir kishi avtomobil g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Voqea Pon-de-Bovuazenda yuz bergan. “Qizini shifokor ko‘rigiga olib ketayotgan ayol norozilik namoyishi sabab ko‘chalarning yopilganidan vahimaga tushib qolib, mashinani namoyishchilar ustiga haydab yuborgan. Oqibatda 50 yoshli erkak og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan”, — deya xabar bermoqda BFMTV telekanali.

Benzin narxi oshishi munosabati bilan 17-noyabr, shanba kuni butun Fransiya bo‘ylab 1,5 mingta norozilik namoyishlari rejalashtirilgan bo‘lib, ularning faqat yuzga yaqini hukumat bilan kelishilgan holda tashkil etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют