» » Erondagi namoyishlarda 12 kishi halok bo‘ldi

Erondagi namoyishlarda 12 kishi halok bo‘ldi


Eronning yirik shaharlarida davom etayotgan norozilik namoyishlarida politsiya bilan to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.

Oldinroq olti kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Qurbonlar soni oshishi mumkin.

Norozilik namoyishlarining jami 400 ishtirokchisi qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, Eronda o‘tgan yilning 28-dekabrida mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va hukumat siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi. Jumladan, ular Tehron, Qum, Kirmonshoh, Mashhad, Hamadon, Rashtda qayd etildi. Mamlakatda Instagram va Telegram servislari bloklab qo‘yildi.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют