» » Saratovda yuk poyezdi va avtobus to‘qnashuvida halok bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlikning shaxsi ma’lum bo‘ldi

Saratovda yuk poyezdi va avtobus to‘qnashuvida halok bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlikning shaxsi ma’lum bo‘ldi


Rossiyaning Saratov viloyatida yuk poyezdi va avtobus to‘qnashuvida halok bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlikning shaxsi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, joriy yil 17-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 larda Saratov viloyati Ozinskiy tumani hududidan o‘tuvchi “Saratov – Uralsk – Qozog‘iston” avtomobil yo‘lining 225-kilometrida temir yo‘l poyezdining kesishmasida yuk poyezdi va Setra rusumli avtobus ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

YTH natijasida avtobus salonida bo‘lgan yetti nafar fuqarodan 5 nafari (O‘zbekiston fuqarolari) voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafari (Qozog‘iston fuqarolari) tan jarohati olgan.

Halok bo‘lgan yo‘lovchilar ro‘yxati:

1. Bozorov Abdumannob Maxmutaliyevich, 1975-yilda tug‘ilgan;

2. Egamov Alimardon Qosimaliyevich, 1986-yilda tug‘ilgan;

3. Qosimova Gulxumor Jumaboyevna, 1987-yilda tug‘ilgan;

4. Xalilova Orzixon O‘ktamovna, 1987-yilda tug‘ilgan;

5. Zaidov Murodjon Yusupovich, 1975-yilda tug‘ilgan.

Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Ozinskiy tumani markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.

Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi hamkorlikda halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga to‘liq aniqlik kiritish, yaqin qarindoshlariga xabar berish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют