» » Qonunchilik palatasi spikeri Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi

Qonunchilik palatasi spikeri Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi


Qirg‘izistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi, deya xabar berdi palata matbuot xizmati.

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Nurdinjon Ismoilovni qutlar ekan, bugungi kunda Qirg‘iziston va O‘zbekiston munosabatlari sifat jihatidan yangi strategik hamkorlik darajasiga chiqqanini qayd etib o‘tdi.

Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarni qadrlaymiz va yuqori baholaymiz, qardosh qirg‘iz-o‘zbek do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari jadal rivojlanmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qirg‘iz-o‘zbek hamkorligining samarali rivojlanishidagi siyosiy irodasi va amaliy sa’y-harakatlari tufayli bizning munosabatlarimiz yangi, yanada sifatli bosqichga ko‘tarildi. Mening O‘zbekistonga rasmiy tashrifim chog‘ida barcha masalalar o‘z yechimini topdi. Biz buni yuqori baholaymiz.

Sooronbay Jeenbekov, Qirg‘iziston prezidenti 

Bundan tashqari, prezident Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga atoqli qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatovning 90 yilligini keng nishonlayotgani munosabati bilan minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov samimiy qabul uchun prezident Sooronbay Jeenbekovga minnatdorlik bildirdi.

Nurdinjon Ismoilov Sooronbay Jeenbekovning 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tabrik va qutlovlarini yetkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют