Toshkent manzaralari: Noo‘rin joyda qoldirilgan Malibu yong‘in vaqti o‘t o‘chiruvchilarga xalal berdi
Toshkentning Oloy bozori yaqinidagi ko‘p qavatli ma’muriy binoda 27-fevral, dushanba kuni yong‘in yuz berdi.
Mavzuga doir: Oloy bozori yaqinidagi ko‘p qavatli binoda yong‘in yuz berdi. Bu bino 2015-yilda ham yongan edi
Hodisa joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar kichik bir muammoga duch kelgan: bino oldidagi kichik yo‘llardan birida qoldirilgan Malibu ularning ishiga xalal bergan.
Oqibatda o‘t o‘chiruvchilar bir guruh odamlar birgalikda Malibu’ni ma’lum bir masofagacha surib borib, narvonli o‘t o‘chirish mashinasi uchun yo‘l ochgan.
Mazkur holat Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida faol muhokama qilingan, aksariyat foydalanuvchilar Malibu egasini tanqid ostiga olgan.
Yong‘in yetkazgan zarar, uning oqibatida jabrlanganlar haqida aniq axborot yo‘q. Ma’lumot uchun, bu binoda 2015-yilda ham yirik yong‘in kuzatilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
