» » Qoraqalpog‘istonning barcha shahar va tumanlarida “Asal bayrami” o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘istonning barcha shahar va tumanlarida “Asal bayrami” o‘tkazilmoqda


Qoraqalpog‘istonning barcha shahar va tumanlarida shu kunlari “Asal bayrami” o‘tkazilmoqda. Ushbu bayram 15-noyabrdan boshlangan bo‘lib, 30-noyabrga qadar davom etadi. Nukus shahri dehqon bozorida asal mahsulotlari savdo yarmarkasi “Asal bayrami”ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

— Nukus shahrida o‘tkazilgan “Asal bayrami”ga 80 ga yaqin asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi fermer, dehqon xo‘jalik rahbarlari asal mahsulotlari va asalarichilik jihozlarini namoyish etgan holda ishtirok etdi. Ishtirokchilar tomonidan jiyda, qizilmiya, yantoq, oq tol va boshqa o‘simliklaridan asal hamda propolis, mum va asalari suti kabi mahsulotlari, shuningdek, asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalar namoyish etildi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad aholini sifatli, tabiiy va arzon asalarichilik mahsulotlari bilan ta’minlash, asal mahsulotlarining o‘ziga xos foydali va shifobaxsh xususiyatlarini keng targ‘ib qilishdan iborat, — deydi “O‘zbekiston asalarichilari” assotsiatsiyasi raisi Sherali Suyarkulov.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bir paytlari mamlakatda 40 ming tonnagacha asal mahsulotlari chet davlatlarga eksport qilingan. Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida faqat 58 tonna mahsulot arab davlatlariga, Rossiya, AQSh, Malayziya davlatlariga eksport qilingan. Sohani rivojlantirishga Isroil davlatidan mutaxassislar jalb qilinmoqda. Janubiy Koreyaning tadbirkorlari ham Qoraqalpog‘istonda yetishtirilgan asal mahsulotlarini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikamizda asalarichilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida berilgan imtiyozlar sohani rivojlantirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, asalarilari uyalari, ular uchun zarur uskunalar va asalarichilik sohasida qo‘llaniladigan inventarlar, maxsus transport vositalari bilan tirkamalar va boshqalar lizing shartnomasi asosida yetkazib berilmoqda. Asalarichilik xo‘jaliklari tomonidan asal yig‘ish mavsumi davomida o‘rmon fondi yerlaridan, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardan (davlat qo‘riqxonalari, biosfera rezervatining muhofaza qilinadigan zonasidan tashqari), tabiiy pichanzorlar bilan yaylovlardan hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni bepul amalga oshirish kabi qator imtiyozlardan foydalanilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют