» » Sherzod Kudbiyev: O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklarining tashkil etilishi mehnat organlari ishini yengillashtiradi

Sherzod Kudbiyev: O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklarining tashkil etilishi mehnat organlari ishini yengillashtiradi


Bugun, 19-noyabr kuni O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining kuchga kirishi masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Anjumanda fuqarolarni ishga joylashtirish sohasi bo‘yicha xizmatlar taqdim etuvchi tashkilotlar, OAV vakillari, shuningdek mazkur faoliyat turiga qiziqish bildirgan shaxslar va bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ishtirok etdi.

“Xususiy bandlik agentliklarining tashkil etilishi mehnat vazirligi zimmasidagi ishlarning yengillashishiga xizmat qiladi. Nima uchun? Sizga ayrim raqamlarni keltirib o‘taman. O‘tgan 10 oy ichida vazirlikka ishga joylashishga ko‘maklashish mazmunidagi 555 mingtadan ortiq  murojaatlar bo‘lgan. Ushbu murojaatlarning 218 mingtasi ijobiy hal etilgan. Endi biz bu huquqni qanchalik ko‘p xususiy tadbirkorlarga taqdim etsak, shunchalik mehnat bo‘yicha organlar ishi yengillashadi. Shuning uchun ham xususiy bandlik agentliklari fuqarolarni ishga joylashtirishi va bundan daromad qilishidan biz ya’ni vazirlik ham manfaatdormiz.

Bunga qadar hech qachon O‘zbekiston fuqarolarni ishga joylashtirish huquqini xususiy tadbirkorlarga bermagan. Fuqarolarni ishga joylashtirish masalasi bilan shu vaqtga qadar faqat davlat shug‘ullangan, monopoliya bor joyda esa doimo korrupsiya bo‘lgan. Bitta misol keltiraman. Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi oldidan biz Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash tizimida qancha bo‘sh ish joyi borligini o‘rgandik. Hammamiz hamshira bo‘lib ishga joylashish qanchalik qiyin ekanligini yaxshi bilamiz.

Qoraqalpog‘istonda sog‘liqni saqlash tizimida 600 dan ortiq vakant joy borligini aniqladik. Bu esa bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan oshkora e‘lon qilinmagan.

Biz sizlar bilan birlashib, birinchidan bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar shaffof bo‘lishiga erishishimiz kerak, ikkinchidan ushbu bo‘sh o‘rinlarga xususiy bandlik agentliklari ham kadrni ishga joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Hozirda mavjud bandlikka ko‘maklashish markazlari faqat top-vakant joylar bilan ishlaydi.

Biz xususiy bandlik agentliklariga vakansiyalarning davlat bazasiga kirish imkonini ham berishga tayyormiz. Xususiy tadbirkor biznesni davlat darajasidan ham yaxshiroq tashkil etishini yaxshi tushunamiz. Bu har doim isbotlangan”, — deydi Sherzod Kudbiyev.

Ma’lumot uchun, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun ilk bor “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi” ning 207-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, 2018-yilning 17-oktabridan kuchga kirgan.

“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekistonda va xorijda fuqarolarni ish bilan ta’minlash bilan shug‘ullanish imkonini beradi va ushbu faoliyatning qonuniy asosini mustahkamlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют