» » O‘zbekistonda “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi

O‘zbekistonda “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi


O‘zbekistonda mamlakatda va xorijda ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun kafolatli xizmat ko‘rsatuvchi xususiy bandlik agentliklari tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. . Tadbirda manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi.

Qonun O‘zbekiston fuqarolarini mamlakat va xorijda ishga joylashtirish imkoniyatini oshiradi. Davlat xizmatlari va xususiy sektor tomonidan bandlikka ko‘maklashish mexanizmlari aniq tartibga solinadi. Hujjat ishga joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish tartibi va shartlari, jumladan, xususiy bandlik agentliklari, korxonalar va ish qidirayotgan shaxslarning huquq hamda majburiyatlarini belgilashga qaratilgan.

Agentliklar chet el mamlakatlarida mehnat bozorini o‘rganish, chet eldagi ish beruvchilarni axtarib topish va oldindan tanlovdan o‘tgan ish qidirayotgan shaxslar bilan shartnomalar tuzish bilan shug‘ullanadi. Eng muhimi, fuqarolarning mamlakatdan tashqarida ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi. Xususiy bandlik agentliklari o‘z faoliyatini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida olib boradi.

“Qonunda ‘xususiy bandlik agentliklari’ tushunchasi ochib berilmoqda. Bundan tashqari, bu faoliyat bilan kimlar shug‘ullanishi mumkinligi, ularga litsenziya berish talablari, xususiy bandlik agentliklari xodimlari soni va ularning rahbarlari xususida shartlar belgilanyapti. Hujjatda xususiy bandlik agentliklari tomonidan shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar turlarining to‘liq ro‘yxati keltirilmoqda”, — deydi qo‘mita raisi o‘rinbosari Gavhar Alimova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют