» » London Qirollik kolleji vakillari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi

London Qirollik kolleji vakillari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida xalqaro harbiy hamkorlik doirasida Buyuk Britaniya Mudofaa akademiyasi vakillari bilan “Xalqaro munosabatlar va xavfsizlik” mavzusida trening o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotida Buyuk Britaniya Mudofaa akademiyasi qoshidagi London Qirollik kollejining mudofaa masalalarini o‘rganish kafedrasi o‘qituvchisi Treysi Jerman hamda Qurolli Kuchlar akademiyasining professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerakki, Buyuk Britaniya Mudofaa akademiyasi bilan mustahkam aloqalar 2015-yildan boshlangan bo‘lib, ular qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalari bo‘yicha ishonchli mexanizmni ishlab chiqish imkonini beryapti.

So‘nggi yillar davomida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining professor-o‘qituvchilari bir necha bor Buyuk Britaniya Mudofaa akademiyasiga tashrif buyurib, ilmiy-pedagogik kadrlar malakasini oshirish va “Davlat xavfsizligi” kabi kurslarda ta’lim olib qaytishgan.

Shu bilan bir qatorda Buyuk Britaniya Mudofaa akademiyasi hamda “Sendxerst” Qirollik harbiy akademiyasi mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining doimiy a’zoga aylangan. O‘zaro hamkorlik davomida Akademiya binosida Buyuk Britaniya qurolli kuchlariga bag‘ishlangan mavzuviy mashg‘ulot xonasining yaratilishi britaniyalik mehmonlar uchun ajoyib yangilik bo‘ldi.

“Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi harbiy attashesi mayor Endryu Strefford bilan hamkorlikda ushbu mavzuviy mashg‘ulot xonasini jihozlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Britaniya tomoni ayni vaqtda ikki mamlakat oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha videokonferensiyalar hamda masofaviy darslarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini bildirdi”, – deydi Qurolli Kuchlar akademiyasi tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Ravshan Talipov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Buyuk Britaniya Mudofaa akademiyasining oliy qo‘mondonlik-shtab kurslari direktori Endryu Rou O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrif davomida tomonlar britaniyalik mutaxassislarning O‘zbekistonda bir yil davomida dars berishi hamda masofaviy o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yilishi kabi masalalar ko‘rib chiqilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют