» » Rossiya o‘z milliy kosmik stansiyasini yaratishdan voz kechishi mumkin

Rossiya o‘z milliy kosmik stansiyasini yaratishdan voz kechishi mumkin


Rossiya agar Xalqaro kosmik stansiyaning ishi uzaytiriladigan bo‘lsa, Yer atrofida milliy kosmik stansiyasini yaratish rejasidan voz kechishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, milliy kosmik stansiyaning yaratilishi xalqaro kosmik stansiyaning taqdiriga bog‘liq. Agar Xalqaro kosmik stansiya kerak emas deb topilsa, milliy stansiya yaratiladi. Aks holda, milliy stansiyaga hojat qolmaydi.

Xalqaro kosmik stansiya ishining 2028—2030-yilgacha cho‘zilishi haqidagi qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinishi mumkin.

XKSni yig‘ish 1998-yilda boshlangan va stansiya o‘z ishini 2020-yilda to‘xtatishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda uning ekspluatatsiyasi 2024-yilgacha uzaytirilgan, uning ishini yana to‘rt yilga cho‘zish imkoniyati muhokama qilinmoqda. XKS bo‘yicha asosiy hamkorlar Rossiya, AQSh, Yevropa, Yaponiya va Kanada hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют