» » Navoiyda nazoratsiz qoldirilgan istish pechi yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘ldi

Navoiyda nazoratsiz qoldirilgan istish pechi yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘ldi


Joriy yilning 18-noyabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida qurilish ishlarini olib borayotgan “G‘olib Javohir qurilish montaj” MChJga tegishli vagonda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in 03:35 da o‘rab olinib, 03:45 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida vagonning 24 kv m maydonida ichki ichki qismi yonib zarar ko‘rgan hamda vagonda mast holda uxlab yotgan, shu korxonaning 5 nafar ishchisi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Yong‘in vagonda elektr istish pechini yoqib nazoratsiz qoldirishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют