» » Jujanna Yakab: “Ikki yilda tibbiyotni isloh qilishga qaratilgan 130 ga yaqin hujjat qabul qilinishi dunyoning biror davlatida kuzatilmagan”

Jujanna Yakab: “Ikki yilda tibbiyotni isloh qilishga qaratilgan 130 ga yaqin hujjat qabul qilinishi dunyoning biror davlatida kuzatilmagan”


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab bilan uchrashdi. Vazirlik axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekistonda tibbiyot sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlar, shuningdek, o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida ko‘plab imkoniyatlar mavjudligiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, Alisher Shodmonov O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatining oshib borayotgani, sohada qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, istiqboldagi reja va dasturlar haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

“Mamlakatingizdagi tibbiyot sohasiga oid o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatib borayapmiz. E’tiborli tomoni, dunyoning birorta davlatida kuzatilmagan holat, so‘nggi ikki yil ichida sog‘liqni saqlashni isloh qilishga qaratilgan 130 ga yaqin hujjat imzolangani diqqatga sazovor. Tibbiyot tizimini isloh qilish bo‘yicha 2025-yilgacha mo‘ljallangan 7 yillik rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ham atroflicha o‘rganib, takliflarimizni berdik. Ishonamanki, dunyo davlatlarining eng ilg‘or tajribalarini o‘zida uyg‘unlashtirgan ushbu konsepsiya tizimni yanada rivojlantirish, aholi salomatligini asrash barobarida, soha xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash imkonini ham beradi”, – deydi Jujanna Yakab.

20-noyabr kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni isloh qilish” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etiladi.

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakabning O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют