» » JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi 68-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi 68-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda


Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 53 ta davlatni birlashtirgan JSSTning Yevropa mintaqviy byurosiga O‘zbekiston ham a’zo hisoblanadi.

17-sentabr kuni Italiya poytaxti Rim shahrida boshlangan sessiyada inson salomatligi bilan bog‘liq qator muhim masalalar, jumladan, 2018-yilda Yevropada sog‘liqni saqlash holati, tibbiyot va aholi farovonligini qo‘llab-quvvatlash, mintaqada barqaror rivojlanish uchun inson salomatligini yanada yaxshilashga qaratilgan ko‘plab yo‘nalishlar muhokama etilishi kutilmoqda.

JSST Yevropa mintaqiy byurosining 68-sessiyasi 20-sentabrga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют