» » “MTS” Gulnora Karimovaga pora berganligi uchun bo‘lg‘usi jarima sifatida 850 mln dollarni zaxira qilib olib qo‘ydi

“MTS” Gulnora Karimovaga pora berganligi uchun bo‘lg‘usi jarima sifatida 850 mln dollarni zaxira qilib olib qo‘ydi


Rossiyaning “MTS” kompaniyasi “AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi va AQSh adliya vazirligi tekshiruviga nisbatan potensial majburiyatlar sifatida” 55,8 milliard rubl (taxminan 850 million dollar) miqdorida zaxira yaratdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Kompaniya vakili aniqlik kiritishicha, bunda gap “MTS”ning O‘zbekistondagi faoliyatiga doir tekshiruv haqida bormoqda.

AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi va AQSh adliya vazirligi 2014-yilda O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi korrupsiya holatlari yuzasidan “MTS”, Veon (Rossiyaning “VimpelKom”iga egalik qiladi) va Shvetsiyaning Telia Company AB (keyinchalik TeliaSonera deb qayta nomlangan)ga nisbatan tekshiruv boshlagan edi, ushbu uchta kompaniyaning hammasi Amerika fond birjasida savdo qilgan.

Amerika huquq-tartibot organlari bu kompaniyalar soxta firmalar orqali litsenziya va chastotalar uchun O‘zbekiston Prezidentining qarindoshi deb taxmin etilayotgan shaxsga poralar berganligi gumon etilmoqda. Ism-sharif oshkor etilmagan, ammo tekshiruv hujjatlariga ko‘ra, gap prezidentning qizi Gulnora Karimova haqida borgan. Shubhali bitimlarning barchasi 2006-yilning yanvaridan 2011-yilning oktabrigacha amalga oshirilgan.

2016-yilning fevralida VimpelCom 795 million dollar to‘lab, AQSh hukumati bilan ish bo‘yicha murosa bitimi shartlarini kelishib olgan edi. 2017-yil sentabrida esa Telia 965 million dollar jarima to‘lashini e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют