» » Hyundai, Peugeot Citroen, Volkswagen va boshqalar: O‘zbekiston avtosanoatidagi 5 ta yangi brend

Hyundai, Peugeot Citroen, Volkswagen va boshqalar: O‘zbekiston avtosanoatidagi 5 ta yangi brend


Qirg‘izistonlik ishlab chiquvchilarning Markaziy Osiyo haqidagi tahliliy materiallarni taqdim etuvchi “Kaktakto.com” saytida O‘zbekiston avtosanoatidagi yangi brendlarga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi.

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mashinalar avtoparki yaqin yillar ichida sezilarli ravishda yangilanadi, kengayadi va yanada xilma-xillashadi. So‘nggi bir yarim yil ichida bir yo‘la bir nechta Yevropa va Osiyo kompaniyalari kichik tonnajli yuk mashinalari va mikroavtobuslardan tortib, baquvvat samosvallar, shatakchilar va shahar avtobuslarigacha bo‘lgan avtomashinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun O‘zbekiston bozoriga keldi, deyiladi xabarda.

Kaktakto O‘zbekistonda avtosanoati yaqin vaqtlar ichida qanday brendlar bilan to‘lishiga aniqlik kiritdi.

Yaqinda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida Hyundai avtomobil zavodiga tamal toshi qo‘yildi. Janubiy Koreyaning Hyundai Motor, Evergreen Motors va Posco-Daewoo corporation kompaniyalari hamkorligida qurilishi rejalashtirilgan zavod 2019-yilning sentabrida ilk mahsulotlarini chiqarishni boshlaydi.

Zavodda boshlanishiga yiliga 1000 ta avtomobil ishlab chiqariladi. Uch yil ichida bu ko‘rsatkich 3 barobar ko‘payadi, ya’ni yiliga 1000 ta avtobus va 2000 ta yuk mashinasi ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 50 foiz ehtiyot qism shu yerning o‘zida tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

27-mart kuni “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 4—5-aprel kunlari Rossiyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonda yig‘ilishi kelishib olingan “KamAZ” yuk mashinalarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

“KamAZ” avtomobillarini ishlab chiqarish Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan UzAutoTrailer mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydonida boshlangan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 10 tonnadan 36 tonnagacha yuk tashiy oladigan 11 turdagi “KamAZ” modellari bor. Ularning dvigateli quvvati 240-401 ot kuchiga ega va ekologik talablarga javob beradi.

Zavod yiliga 1,5 mingta yuk mashinasini ishlab chiqaradi. Kompaniya ishlab chiqarish quvvatini 5 mingtaga yetkazmoqchi. Bundan tashqari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yuk mashinalarini Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga ham eksport qilish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, “KamAZ” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 12 ta viloyatida dilerlik va servis tashkilotlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

2017-yil iyul oyida tamal toshi qo‘yilgan Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive zavodida yiliga 16 ming Peugeot Expert va Peugeot Boxer rusumidagi tijorat avtomobillari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Korxonaning qurilish-montaj ishlari joriy yil may oyiga qadar amalga oshiriladi, 2019-yilda mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi.

Zavod O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AK va Peugeot Citroen Automotive guruhi o‘rtasidagi kelishuv asosida qurilmoqda.

2017-yil oxirida O‘zbekiston hukumatining bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyasining Germaniyaga rasmiy safari hamda O‘zbekiston – Germaniya biznes-forumi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ va Volkswagen AG konserni o‘rtasida JV MAN Auto-Uzbekistan maydonlarida Volkswagen Amarok pikapini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Loyiha 2018–2019-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Aprel oyida Namangandagi “Foton do‘stlik servis” MChJ Xitoyning Foton Motor shirkati bilan hamkorlikda Namangan viloyatining Pop shahrida FOTON rusumli o‘rta hajmli Xitoy yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasini boshladi.

Umumiy loyiha qiymati 25 million AQSh dollari bo‘lgan bu zavodni joylashtirish uchun 15 gektar maydon va bo‘sh turgan eski zavod binosi nol qiymatda taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasining sarmoyasi 51%, xitoylik hamkorlarning hissasi esa 49 % ga teng bo‘lgan bu zavod yillik 15 ming dona Foton Forland o‘rta hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqaradi.

“Foton do‘stlik servis” MChJ bu zavodda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan 4 ta rusumdagi avtomobilni to‘la ishlab chiqarish huquqini qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют