» » Boliviyada bortida 127 kishi bo‘lgan samolyot qo‘nish vaqtida shassisidan ajraldi

Boliviyada bortida 127 kishi bo‘lgan samolyot qo‘nish vaqtida shassisidan ajraldi


Boliviyada Peruning Kusko shahriga uchayotgan Peruvian Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning shoshilinch qo‘nishi vaqtida favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Bortida 127 kishi hamda besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 737 samolyoti 22-noyabr kuni El-Alto aeroportiga qo‘nish vaqtida silkindi va shassisi uzilib ketdi. Hodisa oqibatida samolyot yoni bilan uchish-qo‘nish yo‘lagiga yotib qolgan.

Mahalliy rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq hodisadan keyin aeroport bir necha soatga yopilgan va reyslar bekor qilingan.

Samolyot avtokran yordamida uchish-qo‘nish yo‘lagidan olingan. Hodisa yuzasidan tekshiruv boshlangan, uning sabablari hozircha noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют