» » Oliy Majlis Qonunchilik palatasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston respublikasida bo‘ladi, deb xabar berdi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilovning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Qozog‘iston parlamenti majlisi raisi Nurlan Nigmatullin bilan ham uchrashadi.

Muloqotlarda parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama etilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi hamda Qozog‘iston parlamenti majlisi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bo‘yicha memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Oliy Majlis quyi palatasi a’zolaridan iborat delegatsiya a’zolari Qozog‘iston senatida ham bo‘lib, senat raisi Kasim-Jomart Tokayev bilan uchrashadi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti kuniga bag‘ishlangan xalqaro parlament anjumanida ham ishtirok etadi.

Rasmiy tashrif doirasida yana bir qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют