» » Xitoy kompaniyalari Farg‘onada jelatin ishlab chiqaruvchi korxona va zamonaviy mehmonxona quradi

Xitoy kompaniyalari Farg‘onada jelatin ishlab chiqaruvchi korxona va zamonaviy mehmonxona quradi


Xitoyning “Shengand” kompaniyasi Farg‘ona viloyatida mebel va poyabzal sanoatida foydalaniladigan jelatin mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxona qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Farg‘ona viloyat delegatsiyasi Xitoyning Xubey provinsiyasi ma’muriy markazi Uxan shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro birodar shaharlar konferensiyasida ishtirok etdi. Konferensiyada 130 dan ortiq davlatning 700 dan ziyod shaharlari vakillari qatnashdi.

“O‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun mavjud imkoniyatlardan birgalikda foydalanish” deb nomlangan ikki kunlik konferensiya doirasida birodar shaharlar uchun investitsion tadbir va ko‘rgazmalar o‘tkazildi.

Konferensiya davomida ishtirokchilarni O‘zbekiston bilan tanishtirish maqsadida “O‘zbekistonga xush kelibsiz” deb nomlangan videorolik namoyish etildi.

Uxan savdo-sanoat palatasi va o‘ndan ortiq kompaniya vakillari ishtirokida Farg‘ona viloyatining investitsion jozibadorligiga bag‘ishlangan seminar ham tashkil etildi. Unda mehmonxona va savdo markazlari qurishga ixtisoslashgan, turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi hamda eksport-importga ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan Farg‘ona viloyatiga alohida qiziqish bildirildi. Xususan, “Dossen International Group Hubei branch” kompaniyasi Farg‘ona shahrida mehmonxona qurishni taklif qildi. “Hubei Frukt” kompaniyasi O‘zbekiston meva mahsulotlarini eksport qilish istagini bildirdi.

Farg‘ona viloyatida ayni paytda Xitoy bilan hamkorlikda 36 ta qo‘shma va 19 ta xorijiy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Xitoy davlatining umumiy 245 million AQSh dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyasi ishtirokida 11 ta loyiha amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют