» » Markaziy bank oltin va kumush esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda (foto)

Markaziy bank oltin va kumush esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda (foto)


Aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, mamlakatda qimmatbaho metallar bozori faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamda jahon tajribasi va amaliyotidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda. Bu haqda bank saytida xabar berildi.

Sotuvga 1994—2009-yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat.

Sotuvga jami 1900 dona oltin hamda 6900 dona kumush esdalik tangalari qo‘yilgan. Quyidagi jadvalda batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Mazkur esdalik tangalar ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi. Tangalar “PROOF” sifatiga muvofiq tayyorlangan.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

2018-yil 28-noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin (bank filiallari ro‘yxati manzillari ko‘rsatilgan holda ilova qilinadi).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют