» » Dembele “Barselona”dan o‘zini qo‘yib yuborishini so‘radi

Dembele “Barselona”dan o‘zini qo‘yib yuborishini so‘radi


Fransiyalik yarim himoyachi Usmon Dembele “Barselona”dan o‘zini qo‘yib yuborishini so‘radi, deb yozadi Goal.

Qayd etilishicha, Dembele “Barselona”ga qaytishi kutilayotgan Neymar transferining bir qismiga aylanishi mumkin. Nashrning yozishicha, PSJ va “Barselona” Neymarning yanvarda amalga oshishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy transferi yuzasidan muzokara o‘tkazgan. Unda Dembelening transferga qo‘shilishi va Kataloniya klubining qo‘shimcha mablag‘ to‘lashi borasida ham so‘z borgan.

Avvalroq Dembelening odob-axloq qoidalariga rioya etmayotgani sabab “Barselona”ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют