» » “Agrobank”: Ham xorijiy tajriba, ham zamonaviy strategiya sari dadil qadamlar

“Agrobank”: Ham xorijiy tajriba, ham zamonaviy strategiya sari dadil qadamlar


Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha jabhalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar bank tizimida ham jadal amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida sohaning qon tomirlari sanalgan banklarni tez sur’atlarda rivojlantirib borishni davrning o‘zi talab etayotgani ham ayni haqiqat.

Davlat rahbari tomonidan tijorat banklari amaliyotiga xorijiy tajribalarni keng tatbiq etish zarurligi ko‘p bora ta’kidlanmoqda.

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki ham o‘z oldiga ilg‘or xalqaro bank tajribasini joriy etishni maqsad qilmoqda. Masalan, so‘nggi uch oy davomida bank mutaxassislari Turkiyaning T.S. “Ziraat Vankasi” A.S, Qozog‘istonning “Sesnabank” AJ va Rossiyaning “Sberbank”iga tashrif buyurib, ushbu nufuzli banklarning ilg‘or tajribalari va xalqaro innovatsion bank xizmatlarini o‘rganib qaytishdi. Bu haqda “Agrobank” ATB matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, bank tomonidan xorijiy banklardagi uchrashuvlarda tez-tez muhokama etiluvchi mavzu – “raqamli banking”ni joriy ettirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shuni ta’kidlash joizki, ushbu interfaol xizmat turini rivojlantirish borasida faollik ko‘rsatayotgan “Sesnabank” AJning rahbar va xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham aynan ana shu jihatlar bosh maqsad qilib olindi. Ahamiyatlisi, mazkur uchrashuvda ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.

Zamon talablariga javob berishda maxsus bo‘limni tuzish orqali axborot texnologiyalarini rivojlantirishga zamin yaratgan, so‘nggi 10 yilda katta o‘zgarishlarni o‘tkazgan Rossiyaning “Sberbank”i ilg‘or tajribalarini o‘rganish “Agrobank” faoliyatida ham qo‘l kelishi, shubhasiz.

Aynan ushbu bank haqida so‘z yuritganda, ko‘pincha “‘Sberbank’ – bu, bank litsenziyasiga ega IT-kompaniya” — degan so‘zlar yangramoqda va albatta, bu bejizga emas. Negaki, ushbu xorijiy bank tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi o‘ta yuqori.

Aslida xorijiy davlatlar banklari bilan o‘zaro hamkorlik doirasida ularning boy tajribalarini o‘rganishdan maqsad mijozlarga qulayliklar yaratish borasidagi interfaol va innovatsion xizmatlarni bank tizimida keng joriy etishdan iboratdir.

Umuman olganda, bank mutaxassislari xorijiy banklarning yetakchi vakillari bilan tanishish asnosida almashilgan tajribalari, bilim va ko‘nikmalari “Agrobank”ning kelgusi faoliyatini yangi ufqlar sari rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz.

Yaqin istiqbolda bank jamoasi ilg‘or xalqaro tajribalar asosidagi strategiyani ishlab chiqish uchun xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu esa “Agrobank”ning mamlakatimiz yetakchi tijorat banklari orasidagi o‘rnini mustahkamlashga zamin hozirlaydi.

Telegram

Facebook

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют