» » “Lokomotiv” “Paxtakor”ni mag‘lub etib, muddatidan avval O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

“Lokomotiv” “Paxtakor”ni mag‘lub etib, muddatidan avval O‘zbekiston chempioni bo‘ldi


26-noyabr, dushanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 31-turi doirasida so‘nggi bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi. Uchrashuvda hisob mezbonlar futbolchisi Igor Yelich tomonidan 19-daqiqada ochildi. Marat Bikmayev 38-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 51-daqiqada Dragan Cheran hisobni qisqartirdi. Bikmayev 70-daqiqaga kelib, penaltidan gol urdi — 3:1. 86-daqiqada esa Tiago Bezerra “sherlar”ning ikkinchi va o‘yindagi so‘nggi golni urdi.

Natijada “Lokomotiv” 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Superliga tugashiga 1 tur qolganida 43 to‘plagan holda muddatidan avval O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

Shu tariqa “Loko” o‘z tarixida mamlakat chempionligini uchinchi marta qo‘lga kiritdi.

Pepsi Superliga

31-tur bellashuvlari

23-noyabr, juma

Gollar: 0:1 — 68 Andrey Sidorov, 1:1 — 70 Alisher Sanayev.

24-noyabr, shanba

Gol: 1:0 — 50, penalti Aziz Haydarov.

25-noyabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 19 Bobir Abduholiqov, 2:0 — 30 Islom Kenjaboyev, 2:1 — 59 Shohnazar Norbekov, 2:2 — 78 Vladislav Kasminin.

Gollar: 0:1 — 37 A’zam Aliyev, 1:1 — 45 Salamat Qutiboyev, 1:2 — 64 Sherzod Karimov.

26-noyabr, dushanba

Gollar: 1:0 — 19 Igor Yelich, 2:0 — Marat Bikmayev, 2:1 — 51 Dragan Cheran, 3:1 — 70 Marat Bikmayev, 3:2 — 86 Tiago Bezerra.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют