» » “Lokomotiv” o‘z maydonida “Buxoro”ni mag‘lub etdi (video)

“Lokomotiv” o‘z maydonida “Buxoro”ni mag‘lub etdi (video)


Bugun, 11-may sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 11-tur bahslari davom ettirildi. Avvalroq “Nasaf”ning o‘z maydonida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy bergani haqida xabar qilingandi.

Ikkinchi uchrashuv Toshkentda “Lokomotiv” hamda “Buxoro” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

O‘yindagi hisob birinchi bo‘limning 26-daqiqasiga kelib “Loko” yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev tomonidan ochildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib “temiryo‘lchilar” hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Gol muallifi Sardor Mirzayev. Uchrashuvning 49-daqiqasida “Buxoro” a’zosi Arslonmurod Omonov hisobni qisqartirishga erishdi. O‘yinga yakuniy nuqtani 63-daqiqada gol kiritgan Marat Bikmayev qo‘ydi. Shu tariqa “Lokomotiv” muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Pepsi Superliga

11-tur bellashuvlari

11-may, juma

Gollar: 1:0 — 26 Ikrom Aliboyev, 2:0 — 28 Sardor Mirzayev. 2:1 — 49 Arslonmurod Omonov. 3:1 — 63 Marat Bikmayev

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze (Boburbek Yo‘ldoshev, 82), Sadriddin Abdullayev (Nivaldo, 65), Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov, Sardor Rashidov (Husniddin G‘ofurov, 64), Oleg Zoteyev, Igor Yelich

“Buxoro”: Asilbek Omonov, Arslonmurod Omonov, Salamat Qutiboyev (Anvarjon Jo‘rayev, 88), Shavkat Salomov, San’at Shixov, Artyom Filiposyan, Shavkat Mullajonov, Ergash Ismoilov, Javohir Qahramonov (Shahboz Erkinov, 80), Aziz Ibragimov (Bahodir Nasimov, 68), Sergey Rusetskiy

Ogohlantirishlar: Artyom Filiposyan 32, Anvarjon Jo‘rayev 89, Shavkat Mullajonov 90+3.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют