» » “Lokomotiv” Chempionlar ligasi—2017 da ilk 3 ochkosiga ega chiqib, Amirlik klubini taslim qildi

“Lokomotiv” Chempionlar ligasi—2017 da ilk 3 ochkosiga ega chiqib, Amirlik klubini taslim qildi


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekiston chempioni sifatida ishtirok etayotgan “Lokomotiv” 2-turga kelib 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. O‘z maydonida Amirliklarning “Al-Ahli” klubini qabul qilgan “temiryo‘lchilar” 2:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 20-soniyasiga keliboq Salamat Qutiboyev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Marat Bikmayev tomonidan uzatib berilgan pasni o‘tgan mavsumni “Buxoro” safida o‘tkazgan futbolchi golga aylantira oldi.

O‘yinni “Sport” telekanali orqali sharhlab borgan Murod Rizayevning taxminiga ko‘ra, bu gol Chempionlar ligasi tarixidagi eng tezkori bo‘lishi mumkin. OFK rasmiy sayti bu borada rasmiy statistikani taqdim etib ulgurmadi.

Ikkinchi bo‘limga kelib Marat Bikmayevning o‘zi ikkinchi golni raqib darvozasiga urdi. Bunda pas Sardor Mirzayev tomonidan berildi.

“Lokomotiv” ilk turni Saudiyada “At-Taavun” klubiga qarshi o‘tkazib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, “Al-Ahli” o‘z uyida Eronning “Istiqlol”i ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi. Shu tariqa guruhdagi uch jamoa 3 ochkodan jamg‘ardi.

2-turning ikkinchi o‘yini Toshkent vaqti bilan 20:30 da start olib, Tehronda “Istiqlol” Saudiya jamoasini qabul qiladi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“A” guruhi. 2-tur
27-fevral, dushanba

Gollar: Salamat Qutiboyev, 1 (1:0). Marat Bikmayev, 57 (2:0).

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov — Shuhrat Muhammadiyev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Muhammad Kone, Oleg Zoteyev (Sherzod Fayziyev, 90), Kaxi Maxaradze, Timur Kapadze, Salamat Qutiboyev (Quvondiq Ro‘ziyev, 86), Sardor Mirzayev, Marat Bikmayev, Jaloliddin Masharipov (Nyore Krizo, 72).

Опубликовано: admin (27-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют