Superliga. Nivaldo kalla qo‘ygan o‘yinda “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub eta olmadi (video)
Bugun, 7-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslarining 5-turiga yakun yasaladi.
Kun taqvimidan 2 ta uchrashuv o‘rin olgan.
Ulardan birinchisi Toshkentda mezbon “Lokomotiv” Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Murod Xolmuhammedov penaltini golga aylantira oldi. Oradan hech qancha o‘tmay, 17-daqiqada Marat Bikmayev hisobni tenglashtirishga erishdi.
O‘yinning 90-daqiqasida “Loko”ning braziliyalik legioneri Nivaldo hakamlar bilan tortishgani uchun qizil kartochka oldi. Bunga chiday olmay braziliyalik futbolchi O‘tkir Yusupovning yuziga boshi bilan zarba berdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Mavzuga doir: Intizomsizligi sabab “Lokomotiv” futbolchisi Ikrom Aliboyev 4 ta o‘yinga chetlatildi va 10 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
Kunning ikkinchi o‘yini esa Namanganda “Navbarhor” hamda Qarshining “Nasaf” jamoalari o‘rtasida kechmoqda.
Superliga
5-tur bellashuvlari
7-aprel, shanba
Gollar: 0:1 — 8 penalti, Murod Xolmuhammedov. 1:1 — 17 Marat Bikmayev.
Chetlatish: 90 Nivaldo (L)
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
