» » “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Istanbul—Toshkent reysi dvigatelga kirib qolgan qush tufayli kechiktirildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Istanbul—Toshkent reysi dvigatelga kirib qolgan qush tufayli kechiktirildi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Istanbul—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirishi kerak bo‘lgan samolyoti dvigatelga tushgan qush tufayli parvozga chiqa olmadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Bugun, 27-noyabr kuni, Uzbekistan Airways’ning Toshkent—Istanbul HY271 reysini amal oshirishi kerak bo‘lgan Boing 767 samolyoti Istanbulda buzilib qoldi. Samolyotni sinchkovlik bilan tekshirish davomida pog‘ona ventilyatori ikkita kuragiga zarar yetkazilgani aniqlandi, buning sababi qushning dvigatelga kirib qolgani bo‘lgan”, — deyiladi MAK xabarida.

Istanbul—Toshkent HY272 yo‘nalishidagi reys vaqti samolyotdagi nosozlik butunlay bartaraf etilgunga qadar kechiktirildi. Ushbu reys bilan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirildi.

Nosozlik aniqlangan samolyotni ta’mirlash uchun uskuna va ehtiyot qismlari Toshkentdan Istanbulga kechki reys bilan yuboriladi, ular olinganidan keyin samolyotdan qisqa muddatlarda yana foydalanilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют