» » Ekspertlar Buenos-Ayresning G20 sammiti davomida qancha daromad olishini hisoblab chiqdi

Ekspertlar Buenos-Ayresning G20 sammiti davomida qancha daromad olishini hisoblab chiqdi


Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida 30-noyabr—1-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga sakkiz mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi hamda mehmonxona va restoranlarda 220 million Argentina pyesosini (5,8 million dollar) sarflaydi. Shaharning kichik va o‘rta biznesi bo‘yicha tadqiqotlar markazi shunday xulosaga keldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Tadqiqotga ko‘ra, mehmonxonalar sammit vaqtida taxminan 200 million pyeso (5,1 million dollar), restoranlar esa 28 million pyeso (716,5 ming dollar) daromad oladi.

Tashkilot tomonidan qayd etilishicha, sammitning o‘tkazilishi Buenos-Ayresga tadbirdan keyin mamlakatda paydo bo‘ladigan yangi investitsion va eksport imkoniyatlari hisobiga yanada ko‘proq foyda beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют